Samsung SM-R382 User Manual

Page 651

Advertising
background image

O'zbek

650

Yurib yoki yugurib ketayotganingizda qurilmadan ehtiyotkorlik

bilan foydalaning
O‘zingizga va boshqalarga shikast yetkazmaslik uchun har doim

atrofdagi voqea va insonlarga diqqatli bo‘ling.

Qurilmangizni orqa cho‘ntaklaringizda yoki belingiz atrofida olib

yurmang
Chunki yiqilsangiz, Sizga va qurilmaga zarar yetishi mumkin.

Qurilmangizni bo‘yamang yoki uning ustiga stikkerlar

yopishtirmang
• Bo‘yoq yoki stikkerlar qurilmangizning olinadigan qismlarini yopishib

qolishiga va ular funksiyasining buzilishiga olib kelishi mumkin.

• Agar Sizda qurilma bo‘yog‘i yoki uning metal qismlariga allergiyangiz

bo‘lsa, teringiz qichishi, shishishi yoki teringizga toshmalar toshishi

mumkin. Bunday hodisa sodir bo‘lganda, qurilmadan foydalanishni

to‘xtating va shifokor bilan maslahatlashing.

Qurilma yorilgan yoki singan bo‘lsa, undan foydalanmang
Singan shisha yoki akril qo‘lingizga yoki yuzingizga shikast yetkazishi

mumkin. Qurilmani ta’mirlash uchun Samsung Xizmat ko‘rsatish

Markaziga olib boring.

Qurilmangizni tushirib yubormang yoki qurilmangizga zarar

yetkazmang
• Qurilmangizning ustki qismiga yoki ishlashiga zarar yetishi mumkin.
• Agar qurilmangiz qiyshaysa yoki uning shakli o‘zgarsa, qurilmangizga

zarar yetishi yoki uning qismlari o‘z funksiyasini bajarmasligi mumkin.

Batareyaning va zaryadlash qurilmasining uzoq muddat davomida

xizmat ko‘rsatishini ta’minlang
• Qurilmani haftada bir marta zaryadlang, chunki ko‘p zaryadlash

batareyaning xizmat ko‘rsatish muddatini kamaytiradi.

• Vaqt o‘tishi bilan, ishlatilmagan qurilma quvvati yo‘qoladi va ularni

ishlatishdan oldin zaryadlash zarur.

• Ishlatilmayotganda zaryadlash qurilmasini elektr quvvati manbaidan

chiqaring.

• Batareyani faqatgina tegishli maqsadlar uchun foydalaning.

Advertising