Ўзбек – MAXWELL MW-1201 W User Manual

Page 39

Advertising
background image

ЎЗБЕК

39

ELEKTR BUG’DA TAYYORLASH MOSLAMASI

TA’RIFI
1. Buyum qopqog’i
2. Guruch pishirish uchun idish
3. Ustki bug’da pishirish uchun idish
4. Pastki bug’da pishirish uchun idish
5. Suv quyish uchun tuynuk
6. Kondensatni yig’ish uchun taglik
7. Isitish elementining halqasi
8. Isitish elementi
9. Bug’da tayyorlash moslamasining korpusi
10. Suv sathining shkalasi
11. Taymer
12. Ishlash indikatori

XAVFSIZLIK TEXNIKASI QOIDALARI
Bug’da tayyorlash moslamasidan foydalanishdan avval
undan foydalanish qo’llanmasini diqqat bilan o’qib chiqing.
• Mazkur foydalanish qo’llanmasini axborot materiali sifatida
saqlab qo’ying.
• Buyumdan faqat uning bevosita mo’ljallangan maqsadiga
muvofi

q, Ushbu yo’riqnomada ko’rsatilgani kabi,

foydalaning.
• Ishlayotgan buyumni qarovsiz qoldirmang
• Faqat yetkazib berish to’plamiga kiruvchi yechib olinadigan
anjomlardan foydalanish lozim.
• Bug’da tayyorlash moslamasini elektrtarmog’iga
ulashshdan avval buyumning ish kuchlanishi tarmoqning
kuchlanishiga mos kelishiga ishonch hosil qiling.
• Tarmoq simi «evrovilka» bilan jihozlangan; uni yerga
tutashtirish uchun ishonchli kontakti bo’lgan rozetkaga
ulash lozim.
• Yong’in kelib chiqish xavfi kelib chiqishiga yo’l qo’ymaslik
uchun buyumni elektr tarmoq rozetkasiga ulash paytida
utkazish moslamalaridan foydalanmang.
• Bug’da tayyorlash moslamasidan xonalardan tashqarida
foydalanmang.
• Buyumni tekis, barqaror, issiqqa chidamli yuzaga
o’rnating.
• Bug’da tayyorlash moslamasini devorlar yoki osma
shkafl

arga yaqin joyda foydalanmang, chunki undan

chiqadigan issiq bug’ ularga shikast yetkazishi mumkin.
• Buyumning birinchi ishlatilishidan avval oziq-ovqat
mahsulotlariga tegib turadigan barcha anjomlarini puxta
yuvib chiqish lozim.
• Bug’da tayyorlash moslamasini yoqishdan avval suv uchun
idishni suvga to’ldiring, aks holda buyum shikastlanishi
mumkin.
• Buyumni yoqishdan avval barcha yechib olinadigan
detallar to’g’ri o’rnatilganligiga ishonch hosil qiling.
• Buyum bilan ishlaganda ehtiyot bo’ling: har qanday
suyuqlik yoki kondensat juda issiq bo’ladi.
• Buyumdan chiqayotgan bug’ tufayli, ayniqsa qopqog’ini
ochish paytida, kuyishdan ehtiyot bo’ling.
• Buyumning qopqog’ini yoki bug’li idishlarni yechib olish
uchun oshxona sochiqlari yoki qo’lqoplaridan foydalaning.
• Bug’da tayyorlash moslamasining ishlagan paytida
buyumning qopqog’iga va bug’li idishlarga tegmang – ular
juda issiq bo’ladi.
• Buyumning qopqog’ini bug’ni chiqarib yuborish uchun
sekin ko’taring, va buyumning qopqogini undan kondensat
suv oqib tushishi uchun bug’li idishning ustida ushlab

turing.
• Agar Siz oziq-ovqat mahsulotlarining tayyorligini tekshirib
ko’rmoqchi bo’lsangiz, dastasi uzun oshxona buyumlaridan
foydalaning.
• Bug’da tayyorlash moslamasining qolgan barcha
komponentlari sovib qoldganda ham, suv uchun idishning
ichidagi suv issiq bo’lishi mumkinligini unutmang.
• Bug’da tayyorlash moslamasidan taglik, bug’li idishlar va
uning qopqog’i o’rnatilmagan holda foydalanmang.
• Buyumning ichida issiq mahsulotlar bo’lganda uni joyidan
siljitmang.
• Bug’da tayyorlash moslamasining idishlaridan mikroto’lqinli
pechlar ichida, shuningdek elektr yoki gaz plitalarida
foydlanishga yo’l qo’yilmaydi.
• Buyumni tarmoqqa yoqilgan holda qarovsiz tashlab ketish
taqiqlanadi.
• Agar buyumdan foydalanmaydigan bo’lsangiz, bug’li
idishlarni olib qo’yish yoki o’rnatish paytida, shuningdek uni
tozalashdan avval buyumni elektr tarmog’idan o’chiring.
• Buyumni tozalashdan, shuningdek yechib olinadigan
detallarni yechib olish/o’rnatishdan avval uning soviganligiga
ishonch hosil qiling.
• Bug’da tayyorlash moslamasini o’chirish uchun taymerni
«OFF/o’chirilgan» holatiga o’rnating, keyin esa tarmoq
vilkasini rozetkaning ichidan chiqarib oling.
• Tarmoq simining stoldan pastga osilib tushishiga,
shuningdek uning issiq yuzalarga tegib ketishiga,
shuningdek buyumlarning o’tkir qirralariga tegib ketishiga
yo’l qo’ymang.
• Buyumni va tarmoq simini issiq yuzalardan, issiqlik
manbalaridan va o’tkir buyumlardan uzoqroqda saqlang.
• Bolalarga buyumdan o’yinchoq sifatida foydalanishga
ruxsat bermang.
• Buyumni bolalar va imkoniyati cheklangan kishilar yeta
olmaydigan joyda saqlang. Ularga buyumdan qarovsiz
holda foydalanishga ruxsat bermang.
• Ushbu buyum bolalar yoki imkoniyatlari cheklangan
kishilar tomonidan foydalanish uchun mo’ljallanmagan,
faqat agar ularga ularning xavfsizligi uchun javob beradigan
shaxs tomonidan ushbu buyumdan xavfsiz foydalanish
to’g’risida va buyumdan noto’g’ri foydalanganda yuzaga
kelishi mumkin bo’lgan xavfl ar to’g’risida tegishli va ularga
tushunarli bo’lgan yo’riqnomalar berilgan holdagina ruxsat
etiladi.
• Elektr tokining zarbasidan shikastlanishga yo’l quymaslik
uchun tarmoq simini, tarmoq vilkasini yoki buyumning o’zini
suvga yoki boshqa suyuqliklarga botirmang.
• Tarmoq vilkasi yoki simi shikastlangan holda, agar buyum
to’xtab-to’xtab ishlaganda yoki u suvga tushib ketganidan
keyin buyumdan foydalanish taqiqlanadi. Buyumni
mustaqil ravishda ta’mirlashga urinmang. Barcha ta’mirlash
masalalari bo’yicha ro’yxatga olingan servis markaziga
murojaat qiling.
• Buyumdan faqat maishiy maqsadlarda foydalanish lozim.

BIRINCHI FOYDALANISHDAN AVVAL
• Bug’da tayyorlash moslamasini o’ramning ichida n chiqarib
oling va o’ram materiallarini olib tashlang.
• Bug’li idishlarni (3,4), yechib olinadigan panjaralarini,
guruch yoki sho’rvani pishirish idishini (2), buyumning
qopqog’ini (1) va kondensatni yig’ish uchun taglikni (6)
yumshoq yuvish vositalaridan foydalanib, yuvib tashlang.
• tBuyumni obdon chayqab tashlang va puxta arting.

MW-1201.indd 39

MW-1201.indd 39

03.08.2010 11:17:19

03.08.2010 11:17:19

Advertising