Ўзбек – MAXWELL MW-3013 OG User Manual

Page 41

Advertising
background image

41

ЎЗБЕК

haroratga yetganda, indikator (9) o’chadi,
dazmollay boshlash mumkin.

Eslatma: Bug’li dazmollashda dazmollash
haroratini

«•••» yoki «max» etib belgilash lozim.

SUVNI PURKAGICH
• Siz bir necha marta suv purkagich (4) tugmasini

bosib, matoni namlashingiz mumkin.

• Sig’imda (10) suv yetarli bo’lishiga ishonch

hosil qiling.

QURUQ DAZMOLLASH
• Dazmolni asosiga qo’ying (8).
• Tarmoq simini rozetkaga kiriting

.

Sozlagichni (11) burab kerakli dazmollash
haroratini belgilang: «», «••», «•••» yoki
«max» (matoning turiga qarab), bunda
indikator (9) yonadi.

• Dazmol tagining harorati (13) belgilangan

haroratga yetganda, indikator (9) o’chadi,
dazmollay boshlash mumkin.

Dazmolni ishlatishdan keyin harorat
sozlagichini (11) «min» holatiga qo’ying.

• Tarmoq simini rozetkadan oling va dazmolning

to’liq sovishini kuting.

BUG’LI DAZMOLLASH
Bug’li dazmollashda «•••» yoki «max»
dazmollash haroratini belgilash lozim.

• Dazmolni asosiga qo’ying (8).
• Tarmoq simini rozetkaga kiriting

.

• Sig’imda (10) suv yetarli ekanligiga, indikator

(10) yonmayotganligiga ishonch hosil qiling.

• Sozlagichni (11) burab kerakli dazmollash

haroratini belgilang: «», «••», «•••» yoki
«max» (matoning turiga qarab), bunda
indikator (9) yonadi.

• Dazmol tagining harorati (13) belgilangan

haroratga yetganda, indikator (9) o’chadi,
dazmollay boshlash mumkin.

• Bug’ berish murvatini (3) soat mili tomonga

oxirigacha burang, shunda dazmol ostidagi
ochiq joylardan(13) bug’ chiqa boshlaydi.

Dazmolni ishlatishdan keyin harorat
sozlagichini (11) «min» holatiga, bug’ni
doimiy berish sozlagichini (3) esa eng chap
holatiga qo’ying.

• Tarmoq simini rozetkadan oling va dazmolning

to’liq sovishini kuting.

DIQQAT!
Agar ish paytida bug’ doimiy berilib turmasa,
harorat sozlagichining (13) to’g’ri holatini
tekshiring.

QO’SHIMCHA BUG’ BERILISHI
Qo’shimcha bug’ berilishi funktsiyasi burmalarni
dazmollashda foydali bo’ladi va faqat yuqori
haroratli dazmollash rejimida ishlatilishi mumkin
(harorat sozlagichi (11)

«••»,

«•••» yoki «max»

holatida).
• Qo’shimcha bug’ berilishi tugmasi (5)

bosilganda dazmol tagligidan bug’ kuchliroq
chiqadi

.

Eslatma:
Bug’ teshiklaridan suv oqib chiqmasligi uchun
qo’shimcha bug’ berilishi tugmasini (5) 4-5
soniya oralatib bosing.

VERTIKAL BUG’LAB TEKISLASH
Vertikal bug’lab tekislash funktsiyasi faqat yuqori
haroratli dazmollash rejimida ishlatilishi mumkin
(harorat sozlagichi (11)

«••»,

«•••» yoki «max»

holatida).

Dazmolni vertikal holda kiyimdan 15-30
sm masofada ushlab turing va qo’shimcha
bug’ berilishi tugmasini (5) bosing, dazmol
tagligidan (13) va bug’ teshiklaridan (16) bug’
chiqadi.

Muhim ma’lumot
• Sun’iy matolarni vertikal bug’lab tekislash

tavsiya etilmaydi.

Bug’lab tekislashda mato erib ketmasligi

uchun dazmol tagligi bilan matoga tegmang.

• Hech qachon kishi ustidagi kiyimni bug’lab

tekislamang, chunki chiqayotgan bug’ning
harorati juda yuqori, ilgich yoki yelkali
ilgichdan foydalaning.

BUG’ KAMERASINI TOZALASH
Dazmolning xizmat qilish muddatini uzaytirish
uchun, ayniqsa «qattiq» suvi bo’lgan
mintaqalarda bug’ kamerasini muntazam
tozalash tavsiya etiladi.

• Bug’ berish murvatini (3) o’rta holatga – “bug’

berish o’chirilgan” holatiga surib qo’ying.

• Sig’imni (10) suv bilan MAX belgisigacha (12)

to’ldiring.

MW-3013.indd 41

MW-3013.indd 41

17.03.2010 17:33:38

17.03.2010 17:33:38

Advertising