Samsung EK-GC100 User Manual

Page 542

Advertising
background image

O'zbek

541

Qurilmangizni qismlarga ajratmang, o‘zgartirmang yoki

o‘zboshimchalik bilan ta’mirlamang

• Qurilmangizdagi har qanday o‘zgartirishlar yoki takomillashtirishlar ishlab

chiqaruvchi kafolatlariga kirmasligi mumkin. Qurilmangizni ta’mirlash zarur,

uni Samsung Xizmat ko‘rsatish Markaziga olib boring.

• Batareyani qismlarga ajratmang yoki bosmang, chunki bu portlash yoki

yong‘inni keltirib chiqarishi mumkin.

• Batareyani chiqarib olishdan oldin qurilmani o‘chiring. Agar yoqilgan

holatdagi qurilmadan batareyani olib tashlasangiz, bu qurilmaga zarar

yetkazishi mumkin.

Qurilma tozalayotganda quyidagilarni yodda tuting

• Qurilmangizni yoki zaryadlash qurilmasini sochiq yoki salfetka bilan arting.

• Batareya terminallarini paxta yoki sochiq bilan tozalang.

• Kimyoviy yoki yuvish vositalaridan foydalanmang. Bunday qilish qurilma

korpusini yemirishi yoki uning rangini o‘chirishi, elektr toki urishi yoki yong‘in

kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Qurilmani faqat belgilangan tegishli maqsadda ishlating

Qurilmangizga zarar yetishi mumkin.

Qurilmadan jamoat joylarida foydalanayotganda boshqalarga

halaqit bermang

Faqatgina malakali mutaxassislarga qurilmangizni ta’mirlash uchun

ruxsat bering

Malakasiz mutaxassislarga qurilmangizni ta’mirlash uchun ruxsat berish

qurilmangiz buzilishiga olib kelishi mumkin hamda bu ishlab chiqaruvchi

tomonidan berilgan kafolat bilan qoplanmaydi.

SIM-kartalar, xotira kartalari yoki kabellarni ehtiyotkorlik bilan

ushlang

• Qurilmaga karta kiritayotganda yoki kabel ulanayotganda, karta to‘g‘ri

kiritilganligiga va kabel to‘g‘ri tomonga ulanganligiga ishonch hosil qiling.

• Qurilma ma’lumot uzatayotgan yoki unga kirayotgan vaqtda kartani chiqarib

olmang, chunki bu ma’lumot yo‘qotilishiga va/yoki karta yoki qurilmaga

zarar yetishiga sabab bo‘lishi mumkin.

• Kartalarni tok urishidan, statik elektr quvvati yoki boshqa qurilmalardan

keluvchi elektr tovushlardan himoyalang.

Advertising