Zararli dastur va viruslar, Ushbu mahsulotni utilizatsiya qilish qoidalari – Samsung EK-GC100 User Manual

Page 544

Advertising
background image

O'zbek

543

Zararli dastur va viruslar

Qurilmangizni zararli dastur va viruslardan himoya qilish uchun

quyidagi maslahatlarga rioya qiling. Ularga amal qilmaslik kafolat

tomonidan qoplanmaydigan ma’lumotlarning yo‘qolishiga sabab

bo‘lishi mumkin

• Noma’lum ilovalarni yuklab olmang.

• Ishonchli bo‘lmagan veb-saytlarga kirmang.

• Shubhali xabarlarni yoki noma’lum yuboruvchilardan kelgan xabarlarni

o‘chiring.

• Parol o‘rnating va uni tez-tez o‘zgartirib turing.

• Bluetooth kabi simsiz funksiyalar ishlatilmayotganda, ularni o‘chiring.

• Agar qurilmada qandaydir muammolarni sezsangiz, zararlanish mavjudligini

tekshirish uchun antivirus dasturini ishga tushiring.

• Yangi yuklab olingan ilova va fayllarni ishga tushirishdan oldin antivirus

dasturini ishga tushiring.

• Kompyuteringizga antivirus dasturlarini o‘rnating va zararlanishni tekshirish

uchun ularni ishga tushiring.

• Registr parametrlarini tahrirlamang yoki qurilmaning operatsion tizimini

o‘zgartirmang.

Ushbu mahsulotni utilizatsiya qilish qoidalari

(Elektr & Elektron moslamalar chiqindilari)

(Ajratilgan holda yig‘ish tizimiga ega bo‘lgan mamlakatlar uchun

mo‘ljallangan)
Mahsulot, aksessuar yoki qo‘llanmadagi ushbu belgi shuni

anglatadiki, bu mahsulot va uning aksessuarlari (misol uchun,

quloqlik, USB-kabeli va boshq.) maishiy chiqindilar bilan birga

tashlab yuborilmasligi lozim.
Chiqindilarning noto‘g‘ri utilizatsiyasi natijasida atrof-muhit va

insonlarga zarar yetishining oldini olish hamda ularni tegishli tartibda qayta

ishlash va resurslardan unumli foydalanish maqsadida takroran foydalanish

uchun, iltimos, bu turdagi chiqindilarni oddiy maishiy chiqindilardan ajrating.
Maishiy foydalanuvchilar bunday predmetlarni ekologik xavfsiz utilizatsiya

qilishlari mumkin bo‘lgan joy va usullar haqidagi ma’lumotlarni, ushbu

mahsulotni sotib olgan sotuvchidan yoki mahalliy hokimiyat organidan olishlari

mumkin.
Yuridik tashkilotlar mahsulot ta’minotchilari bilan bog‘lanishlari va xarid qilish

shartnomasidagi muddat va shartlarini tekshirishlari lozim. Ushbu mahsulot

va uning elektron aksessuarlari boshqa maishiy yoki tijorat chiqindilari bilan

aralashtirilmasligi lozim.

Advertising