Ўзбек – Vitek VT-1252 User Manual

Page 50

Advertising
background image

50

ЎЗБЕК

Tarmoq simini rozetkadan oling va
dazmolning to’liq sovishini kuting.

DIQQAT!
Agar ish paytida bug’ doimiy berilib turmasa,
harorat sozlagichining (13) to’g’ri holatini
tekshiring.

QO’SHIMCHA BUG’ BERILISHI
Qo’shimcha bug’ berilishi funktsiyasi
burmalarni dazmollashda foydali bo’ladi va
faqat yuqori haroratli dazmollash rejimida
ishlatilishi mumkin (harorat sozlagichi (13)
«••», «•••» yoki «max» holatida).

Qo’shimcha bug’ berilishi tugmasi (5)
bosilganda dazmol tagligidan bug’
kuchliroq chiqadi (5-rasm).

Qiyin dazmollanadigan joylarda
dazmollash qulayligi uchun bug’ teshiklari
(16) bo’lib, qo’shimcha bug’ berilishi
tugmasi (5) bosilganda ulardan bug’
chiqadi.

Eslatma: Bug’ teshiklaridan suv oqib
chiqmasligi uchun qo’shimcha bug’ berilishi
tugmasini (5) 4-5 soniya oralatib bosing.

VERTIKAL BUG’LAB TEKISLASH
Vertikal bug’lab tekislash funktsiyasi
faqat yuqori haroratli dazmollash rejimida
ishlatilishi mumkin (harorat sozlagichi (13)
«••», «•••» yoki «max» holatida).
• Dazmolni vertikal holda kiyimdan 15-30

sm masofada ushlab turing va qo’shimcha
bug’ berilishi tugmasini (5) bosing, dazmol
tagligidan (15) va bug’ teshiklaridan (16)
bug’ chiqadi (6-rasm).

Muhim ma’lumot
• Sun’iy matolarni vertikal bug’lab tekislash

tavsiya etilmaydi.

• Bug’lab tekislashda mato erib ketmasligi

uchun dazmol tagligi bilan matoga
tegmang.

• Hech qachon kishi ustidagi kiyimni bug’lab

tekislamang, chunki chiqayotgan bug’ning

harorati juda yuqori, ilgich yoki yelkali
ilgichdan foydalaning.

BUG’ KAMERASINI TOZALASH
Dazmolning xizmat qilish muddatini
uzaytirish uchun, ayniqsa «qattiq» suvi
bo’lgan mintaqalarda bug’ kamerasini
muntazam tozalash tavsiya etiladi.
• Sig’imni (11) suv bilan MAX belgisigacha

(14) to’ldiring.

• Dazmolni asosiga qo’ying (9).
• Tarmoq simini rozetkaga kiriting, bunda

indikator (6) va suv idishining chiroqchasi
(11) yonadi.

• Sozlagichni (13) burab dazmol tagligining

«max» haroratini belgilang, bunda
indikator (12) yonadi (3-rasm).

• Dazmol tagining harorati (15) maksimal

haroratga yetganda, indikator (12)
o’chadi, dazmol bug’ kamerasini tozalash
jarayonini boshlash mumkin.

• Harorat sozlagichini (13) «min» holatiga

qo’yib, dazmolni o’chiring.

Tarmoq simining vilkasini rozetkadan
oling.

Dazmolni chig’anoq ustida gorizontal
ushlab turing, sozlagichni (3) eng o’ng
holatiga – SELF CLEAN o’rnating va
ushlab turing (7-rasm).

• Qaynayotgan suv va bug’ quyqa bilan

birga dazmol tagligining teshiklaridan
chiqib turadi (15).

• To suvning hammasi sig’imdan (11) chiqib

ketmaguncha dazmolni oldinga-orqaga
ozgina chayqatib turing.

• Dazmolni asosga qo’ying (9) va uning

to’liq sovishini kuting.

• Dazmolning tagligi (15) to’liq soviganda,

uni mato bo’lagi bilan arting.

• Dazmolni saqlash uchun olib qo’yishdan

avval sig’imda (11) suv yo’qligi, dazmolning
tagligi (15) mutlaqo quruqligiga ishonch
hosil qiling.

AVTOMATIK O’CHIRISH FUNKTSIYASI
Agar dazmol 30 soniyaga yaqin gorizontal

1252.indd 50

1252.indd 50

16.04.2008 14:51:35

16.04.2008 14:51:35

Advertising