Rad etish – Samsung GT-P5200 User Manual

Page 545

Advertising
background image

O'zbek

544

Rad etish

Ushbu qurilma orqali ulanadigan ba’zi tarkib va xizmatlar uchinchi tomonga

tegishli bo‘lib, ular mualliflik huquqi, patent, savdo belgisi va/yoki boshqa

intellektual mulk haqidagi qonunlar bilan himoyalangan. Bunday tarkib va

xizmatlar faqatgina shaxsiy notijorat maqsadida foydalanish uchun taqdim

etiladi. Biror bir tarkib yoki xizmatdan uning egasi yoki ta’minotchisi tomonidan

ruxsat etilmagan maqsadlarda foydalanishingiz mumkin emas. Yuqoridagilarga

tayangan holda, agar tarkib egasi yoki xizmat ta’minotchisi ruxsat bermagan

bo‘lsa, quyidagilarni bajarish ta‘qiqlanadi: ushbu qurilma orqali ko‘rsatilayotgan

har qanday tarkib yoki xizmatni o‘zgartirish, nusxalash, qayta tahrirlash, yuklab

olish, jo‘natish, boshqalarga o‘tkazish, tarjima qilish, sotish, ijodiy ishlarni

yaratish, ta‘qiqlangan maqsadlarda foydalanish.
UCHINCHI TOMON TARKIB VA XIZMATLAR TA’MINOTI “KAFOLATLANMAGAN”.

SAMSUNG TARKIB YOKI XIZMATLARNI ISTALGAN MAQSADDA, ANIQ

YOKI NAZARDA TUTILGAN HOLATDA ISHLATILISHI TA’MINLANISHINI

KAFOLATLAMAYDI. SAMSUNG NAZARDA TUTILUVCHI SHARTLARNI QAT’IYAN

RAD ETADI, MA’LUM MAQSADNI KO‘ZLOVCHI TOVAR VA YAROQLILIK KAFOLATI

BILAN CHEKLAMAY, ULARNI O‘Z ICHIGA OLGAN HOLDA. SAMSUNG HECH

QACHON USHBU QURILMA ORQALI OLINUVCHI TARKIB YOKI XIZMATLARNING

ANIQLIGI, ASOSLANGANLIGI, PUNKTUALLIGI, QONUNIYLIGI VA TO‘LIQLILIGINI

KAFOLATLAMAYDI, JUMLADAN, USHBU QURILMA ORQALI OLINUVCHI TARKIB

YOKI XIZMATLARDAN YOKI ULARDAGI MA’LUMOTLARDAN FOYDALANISH

ORQALI KELUVCHI, U SHARTNOMA YOKI IJTIMOIY TAMOYIL BO‘LISHIDAN

QAT’IY NAZAR, BEVOSITA, BILVOSITA, TASODIFIY YOKI ATAYIN YETKAZILGAN

ZARARLAR, ADVOKATLAR UCHUN GONORARLAR YOKI BOSHQA HARAJATLAR

UNDIRIB BERILMAYDI.”
Uchinchi tomon xizmatlari istalgan vaqtda to‘xtatilishi yoki uzib qo‘yilishi

mumkin va Samsung har qanday tarkib yoki xizmatdan ma’lum bir muddat

davomida foydalanish mumkinligi haqida hech qanday tasdiq yoki kafolat

bermaydi. Uchinchi tomon tarkib va xizmatlari Samsung tomonidan nazorat

qilinmaydigan uzatish tarmoqlari va vositalari orqali uzatiladi. Ushbu

qo‘shimcha shartlarni chegaralamagan holda, Samsung ushbu qurilma orqali

foydalaniluvchi har qanday tarkib yoki xizmatning to‘xtatilishi yoki uzib

qo‘yilishi uchun hech qanday javobgarlikni o‘z bo‘yniga olmaydi.
Samsung tarkib va xizmatlar bilan bog‘liq foydalanuvchilarni qo‘llab-quvvatlash

uchun javobgar emas. Tarkib yoki xizmat bilan bog‘liq har qanday so‘rov yoki

yordam uchun ushbu tarkib yoki xizmat ta’minotchilariga murojaat qilinishi

lozim.

Advertising
This manual is related to the following products: