Ўзбек – Vitek VT-1662 User Manual

Page 95

Advertising
background image

95

ЎЗБЕК

• Pechga takror ishlatilayotgan qog’ozdan

yasalgan paketlarni qo’yish mumkin
emas, chunki uning tarkibida metall
zarralari bo’lishi mumkin, ular esa
o’ramning yonib ketishiga olib kelishi
mumkin.

• Dumaloq va oval shakldagi idishlar

to’g’ri burchakli idishlarga qaraganda
mikroto’lqinli pechda foydalanish uchun
afzalroqdir.

Mikroto’lqinli pechda foydalanishdan
avval idishlarni tekshirish
• Tekshiriladigan idishni (masalan,

tarelkani) pechning ish kamerasiga
o’rnating, ustiga sovuq suvli shisha
stakanni qo’ying.

• Mikroto’lqinli pechni maksimal quvvatiga

yoqing va ishlash vaqtini ko’pi bilan 30
soniya qilib belgilang.

• Tekshirilayotgan idishga ehtiyot bo’lib

tegib ko’ring, agar u isigan bo’lsa,
stakandagi suv esa sovuq bo’lsa,
bunday idishdan mikroto’lqinli pechda
mahsulotlarni tayyorlash uchun
foydalanish mumkin emas.

• Tekshirish vaqtining 30 soniyadan oshib

ketishiga yo’l qo’ymang.

Mikroto’lqinli pechda foydalanish uchun yaroqli materiallar va idishlar

Alyuminiy zarqog’ozi

Zarqog’ozdan faqat gril ishlash rejimida foydalanish mumkin.
Zarqog’oz va mikroto’lqinli pechning devorlari o’rtasidagi
masofa kamida 2,5 sm ni tashkil etishi lozim.
Zarqog’ozning kichik bo’laklaridan go’sht yoki parranda
go’shtining yupqa bo’laklarini o’ta qovurilib ketishdan asrash
maqsadida bekitish uchun foydalanish mumkin.
Mikroto’lqinlar rejimida - agar zarqog’oz pechning
devorlariga o’ta yaqin joylashgan bo’lsa, uchqunlab
ketish, eshikdagi ekran beruvchi panjaraning yonib
ketishi va pechning ishdan chiqishi kabilar yuzaga
kelishi mumkin. Bu holda Siz bepul kafolatli xizmat
ko’rsatish va ta’mirlash o’tkazilishi huquqidan mahrum
bo’lasiz.

Qovurish uchun
idishlar

Ishlab chiqaruvchining ko’rsatmalariga amal qiling.
Qovurish uchun idishning tubi aylanadigan

shisha taglikka

qaraganda 5 mm ga qalinroq bo’lishi kerak. Qovurish uchun
idishning noto’g’ri ishlatilishi ham idishning o’zida, ham

shisha taglikda

darzlar paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin

.

Ovqatlanish uchun
idishlar

Faqat mikroto’lqinli pechda foydalanish uchun mo’ljallangan
idishlar. Idishlarni ishlab chiqaruvchining ko’rsatmalariga
amal qiling. Darz ketgan yoki chetlari uchgan idishlardan
foydalanmang.

Shisha sig’imlar

Faqat issiqqa chidamli shishadan tayyorlangan va
mikroto’lqinli pechda foydalanish uchun mo’ljallangan
sig’imlar. Ularda metall halqalar yo’qligiga ishonch hosil
qiling. Darz ketgan yoki chetlari uchgan idishlardan
foydalanmang.

Shisha idishlar

Faqat issiqqa chidamli shishadan tayyorlangan va
mikroto’lqinli pechda foydalanish uchun mo’ljallangan
idishlar. Ularda metall halqalar yo’qligiga ishonch hosil qiling.
Darz ketgan yoki chetlari uchgan idishlardan foydalanmang.

1662.indd 95

1662.indd 95

24.06.2008 12:47:52

24.06.2008 12:47:52

Advertising