Ўзбек – Vitek VT-1662 User Manual

Page 99

Advertising
background image

99

ЎЗБЕК

O’rnatish
• Mikroto’lqinli pechni ulashdan avval

uning ish kuchlanishi va iste’mol quvvati
elektr tarmoqning ko’rsatkichlariga
mos kelishiga ishonch hosil qiling.
Mikroto’lqinli pechni ishonchli yerga
tutashuvi bo’lgan tarmoq rozetkasiga
ulang.

• Pechni tekis, barqaror yuzaga o’rnating.

Kichik yoshli bolalar yeta olmaydigan
joyni tanlang.

• Pechni shunday o’rnatish kerakki,

devordan pechning orqa va yon
devorlarigacha kamida 7-8 sm masofa
qolishi kerak, pechning ustidagi bo’sh joy
esa kamida 30 sm ni tashkil qilishi kerak.

Mikroto’lqinli pechning tubidan

tayanch oyoqchalarini olib
tashlamang.

• Mikroto’lqinli pechning korpusidagi

shamollatish tuynuklarini yopmang.

• Mikroto’lqinli pechni tele- va

radiosignallarni qabul qilishda shovqinlar
paydo bo’lishining oldini olish uchun
televizion va radiopriyomniklardan
uzoqda joylashtirish kerak.

OGOHLANTIRISh: mikroto’lqinli
pechni tagi isitiladigan yuzaga (oshxona
plitasiga) va issiqlik nurlanishining boshqa
manbalariga o’rnatish taqiqlanadi.
Agar mikroto’lqinli pech egasining aybi bilan
ishdan chiqqan bo’lsa, u bepul kafolatli
xizmat ko’rsatish va ta’mirlash huquqidan
mahrum bo’ladi.

Ishlash davomida mikroto’lqinli
pechning yuzasi qattiq qizishi mumkin,
kuyib qolishning oldini olish uchun
pechning issiq yuzasiga terining ochiq
joylari tegishidan saqlaning.

PECHDAN FOYDALANISH
Ovozli signal
Boshqaruv panelining tugmalariga har gal
bosganda Siz ovozli signalni eshitasiz.

Joriy vaqtni belgilash
Masalan, Siz joriy vaqt “6:00” (AM yoki
RM)ni belgilashingiz kerak:
1. Tarmoq vilkasini rozetkaga kiriting.
2. “Soat - clock” tugmasini bosing.
3. “Stop - stop” tugmasini bosing.
4. Soatni belgilash uchun “1 minut -

minutes” tugmasini 6 marta bosing.

5. Belgilangan vaqtni tasdiqlash uchun

“soat - clock” tugmasini bosing,
displeyda ajratish nuqtalari (33) yonib-
o’chib turadi.

Eslatma: ushbu modelda vaqtinng 12-
soatlik rejimi belgilangan. Pechning ishlash
jarayonida joriy vaqtni displeyda ko’rish
uchun, “ soat - clock ” tugmasini bosing.

Tayyorlash vaqtini va quvvatning
darajasini belgilash
Masalan, Siz quvvat darajasi 60%
bo’lganda ovqatni tayyorlash vaqtini 5 minut
qilib belgilashingiz kerak:
1. “Mikroto’lqinlar - microwaves”

tugmasini bosing, bunda piktogramma
(25) yonadi.

2. “1 minut - minutes” tugmasini 5 marta

bosib, ishlash vaqtini belgilang.

3. “Quvvat - power” tugmasini 3 marta

bosib, kerakli quvvatni belgilang.

4. “Start - start” tugmasini bosing, bunda

piktogramma (35) yonadi.

Eslatma: quvvat darajasi 100% qilib
belgilanganda belgilashning 3-bosqichi
shart emas.
Tayyorlash vaqtida displeyda piktogramma
(35) yonadi va qolgan tayyorlash vaqtini
hisoblash davom etadi. Tayyorlash
vaqti tugaganidan keyin pech o’chiriladi
- uchta ovozli signal eshitiladi. Agar Siz
tayyorlangan mahsulotni pechdan olishni
unutgan bo’lsangiz, ikki minutdan keyin
takroriy uchta ovozli signal Sizga buni
eslatib qo’yadi.

1662.indd 99

1662.indd 99

24.06.2008 12:47:52

24.06.2008 12:47:52

Advertising