Ўзбек – Vitek VT-1513 User Manual

Page 40

Advertising
background image

40

ЎЗБЕК

40

QAHVA QAYNATGICH

TA’RIFI
1 – Qahva qaynatgichning korpusi
2 – Qahva idishlarini isitish joyi
3 – Suv uchun yechib olinadigan idishning

qopqog’i

4 – Suv uchun yechib olinadigan idish
5 – Tayyorligining indikatori
6 – Ishlash rejimlarini o’zgartirish dastasi
7 – Uchligi bo’lgan naycha-kapuchinator
8 – Filtrni mustahkamlash moslamasi
9 – Tomchilar uchun taglik
10 – Taglikning panjarasi
11 – Filtr qisqichining dastasi
12 – Filtr qisqichi
13 – Qahva uchun fi ltr
14 – Yoqish-o’chirish tugmasi (ON/OFF)
15 – Elektr ta’minoti yoqilganligining indikatori
16 – Yanchilgan qahvani zichlash moslamasi

bilan o’lchov qoshiqchasi

MUHIM EHTIYOT CHORALARI
Elektr asboblaridan foydalanganda doimo
asosiy ehtiyot choralariga rioya qilish lozim, shu
jumladan:
• Barcha yo’riqnomalarni diqqat bilan o’qib

chiqing.

• Qahva qaynatgichdan faqat uning bevosita

mo’ljallangan maqsadiga muvofi q foydalaning.

• Elektr tarmog’ining kuchlanishi buyumning

korpusida ko’rsatilgan elektr kuchlanishiga mos
ekanligiga ishonch hosil qiling.

• Tarmoq simi «evrovilka» bilan jihozlangan;

uni yerga tutashtirish uchun ishonchli kontakti
bo’lgan rozetkaga ulash lozim.

• Yong’in kelib chiqish xavfi yuzaga kelmasligi

uchun buyumni elektr rozetkasiga ulaganda
kuchlanishni o’zgartirgichlardan foydalanmang.

• Buyumni tekis, barqaror yuzalarga o’rnatish

lozim.

• Qahva qaynatgichni unda suv bo’lmagan holda

yoqmang.

• Buyumni yoqilishdan avval yoqish tugmasi

o’chirilgan holatida ekanligiga ishonch hosil
qiling.

• Faqat yetkazib berish to’plamiga kiruvchi

anjomlardan foydalaning.

• Qahva qaynatgichni yoqishdan avval barcha

yechib olinadigan detallari tg’ri o’rnatilganligiga
ishonch hosil qiling.

• Qahva qaynatgichning issiq qismlariga va

yuzalariga tegmang.

• Buyum bilan ishlash paytida chiqayotgan

bug’dan ehtiyot bo’ling.

• Qahva qaynatgichning ishlashi paytida fi ltrning

qisqichini yechib olish taqiqlanadi.

• Yong’inga, elektr tokning zarbasi tufayli

shikstlanishga yoki jismoniy shikastlanishlarga
yo’l qo’ymaslik uchun tarmoq simining vilkasini,
tarmoq simini yoki Qahva qaynatgichning
korpusini suvning ichiga yoki boshqa
suyuqliklarning ichiga botirmang.

• Doimo Qahva qaynatgichni uning ishlatilmagan

paytida yoki uni tozalashdan avval elektr
tarmog’idan o’chiring.

• Tozalashdan va uning andomlarini yechib

olishdan avval buyumning to’liq sovishini kutib
turing.

• Qahva qaynatgichning elektr tarmog’idan

o’chirilishi uchun barcha boshqarish
nuqtalarini o’chirilgan holatga o’rnating,
shundan keyin tarmoq vilkasini rozetkadan
chiqarib oling. tarmoq simining vilkasini
rozetkadan tortib olganda uning simidan
tortmang, balki vilkasidan ushlab torting.

• Elektr tarmoq simi stoldan osilib turishiga yo’l

qo’ymang, shuningdek uning issiq yuzalarga
tegmasligi uchun qarab turing.

• Qahva qaynatgichni issiq yuzalarning ustiga

qo’ymang.

• Qahva qaynatgichning tarmoq simining

vilkasi, tarmoq simi shikastlangan bo’lsa,
uning har qanday shikastlanishlaridan keyin
yoki uning noto’g’ri ishlagan holatida undan
foydalanmang.

• Qahva qaynatgichni mustaqil ta’mirlash

taqiqlanadi, uni ta’mirlash uchun eng yaqin
joylashgan ro’yxatga olingan servis markaziga
murojaat qiling.

• Buyumni bolalar yeta olmaydigan joyda

saqlang.

• Bolalarga buyumni o’yinchoq sifatida o’ynab

foydalanishga ruxsat bermang.

• Ushbu buyum bolalar yoki imkoniyatlari

cheklangan kishilar tomonidan foydalanish
uchun mo’ljallanmagan, faqat agar ularga
ularning xavfsizligi uchun javob beradigan
shaxs tomonidan ushbu buyumdan xavfsiz
foydalanish to’g’risida va buyumdan noto’g’ri
foydalanganda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan
xavfl ar to’g’risida tegishli va ularga tushunarli
bo’lgan yo’riqnomalar berilgan holdagina ruxsat
etiladi.

• Qahva qaynatgichdan xonalardan tashqaridagi

joylarda foydalanmang.

1513.indd 40

1513.indd 40

10.06.2010 15:21:52

10.06.2010 15:21:52

Advertising