Samsung SM-R350 User Manual

Page 580

Advertising
background image

O'zbek

579

• Samolyotda elektron qurilmalardan foydalanish samolyotning

elektron navigatsiyalash asboblari faoliyatiga halaqit berishi mumkin.

Samolyot havoga ko‘tarilayotgan va qo‘nayotgan vaqtda qurilmangiz

o‘chirilganligiga ishonch hosil qiling. Agar samolyot ekipaji ruxsat

bersa, havoga ko‘tarilgandan so‘ng qurilmangizdan foydalanishingiz

mumkin.

• Qurilmangiz chiqarayotgan radio to‘lqinlar sababli avtomobilingizdagi

elektron qurilmalar to‘g‘ri ishlamasligi. Qo‘shimcha ma’lumot olish

uchun ishlab chiqaruvchi bilan bog‘laning.

Qurilmani qalin tutun mavjud bo‘lgan joylarga yaqinlashtirmang
Bunday qilish qurilmaning tashqi korpusiga yoki uning ishlashiga zarar

yetkazishi mumkin.

Qurilmangizni ovoz tizimlari yoki radio antennalari kabi radio

chastotalar ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan qurilma yoki uskunalar

yaqinida ishlatmang
Radio chastotalari qurilmangizning ishlashiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.

Portlash ehtimoli yuqori bo‘lgan joylarda qurilmani o‘chiring
• Portlash ehtimoli yuqori bo‘lgan joylarda batareyani olib

tashlamasdan, qurilmangizni o‘chiring.

• Portlash ehtimoli yuqori bo‘lgan joylarda har doim o‘zini tutish

qoidalari, normativ hujjatlar va belgilarga amal qiling.

• Yoqilg‘i quyish shaxobchalarida, yoqilg‘i yoki kimyoviy moddalar

yaqinida yoki portlash qamrab oladigan hududlarda qurilmangizdan

foydalanmang.

• Tez yonuvchan suyuqliklarni, gazlarni yoki portlovchi materiallarni

qurilma, uning qismlari yoki aksessuarlari bilan bir bo‘linmada

saqlamang yoki olib yurmang.

Agar qurilmangiz yoki batareyadan yoqimsiz hid yoki ovoz

chiqayotganini, ulardan suyuqlik yoki tutun chiqayotganini

sezsangiz, darhol qurilmadan foydalanishni to‘xtating va uni

Samsung xizmat ko‘rsatish markaziga olib boring
Buni bajarmaslik yong‘in yoki portlash kelib chiqishiga sabab bo‘lishi

mumkin.

Advertising