Samsung SM-R350 User Manual

Page 583

Advertising
background image

O'zbek

582

Takroriy harakatlar natijasida yuzaga keluvchi shikastlanishlar

ehtimolini kamaytiring
Tugmalarni bosish, belgilar chizish, sensorli ekranga barmog‘ingizni

tekkizish yoki o‘yinlar o‘ynash kabi harakatlarni takroriy ravishda

amalga oshirish oqibatida qo‘lingizda, bo‘yin va yelkalaringizda yoki

tanangizning boshqa qismlarida noqulayliklarni his qilishingiz mumkin.

Qurilmangizni uzoq muddat davomida ishlatganingizda, uni erkin

holatda ushlang, tugmalarni ohista bosing va tez-tez tanaffus qilib turing.

Bunday foydalanish mobaynida yoki undan keyin ham noqulayliklarni

his qilsangiz, qurilmadan foydalanishni to‘xtating va shifokor bilan

maslahatlashing.

Yurib yoki yugurib ketayotganingizda qurilmadan ehtiyotkorlik

bilan foydalaning
O‘zingizga va boshqalarga shikast yetkazmaslik uchun har doim

atrofdagi voqea va insonlarga diqqatli bo‘ling.

Qurilmangizni orqa cho‘ntaklaringizda yoki belingiz atrofida olib

yurmang
Chunki yiqilsangiz, Sizga va qurilmaga zarar yetishi mumkin.

Qurilmangizni bo‘yamang yoki uning ustiga stikkerlar

yopishtirmang
• Bo‘yoq yoki stikkerlar qurilmangizning olinadigan qismlarini yopishib

qolishiga va ular funksiyasining buzilishiga olib kelishi mumkin.

• Agar Sizda qurilma bo‘yog‘i yoki uning metal qismlariga allergiyangiz

bo‘lsa, teringiz qichishi, shishishi yoki teringizga toshmalar toshishi

mumkin. Bunday hodisa sodir bo‘lganda, qurilmadan foydalanishni

to‘xtating va shifokor bilan maslahatlashing.

Qurilma yorilgan yoki singan bo‘lsa, undan foydalanmang
Singan shisha yoki akril qo‘lingizga yoki yuzingizga shikast yetkazishi

mumkin. Qurilmani ta’mirlash uchun Samsung Xizmat ko‘rsatish

Markaziga olib boring.

Advertising