Samsung GT-I9300I User Manual

Page 724

Advertising
background image

O'zbek

723

• Batareyani chiqarib olishdan oldin qurilmani o‘chiring. Agar yoqilgan

holatdagi qurilmadan batareyani olib tashlasangiz, bu qurilmaga zarar

yetkazishi mumkin.

Qurilma tozalayotganda quyidagilarni yodda tuting
• Qurilmangizni yoki zaryadlash qurilmasini sochiq yoki salfetka bilan

arting.

• Batareya terminallarini paxta yoki sochiq bilan tozalang.
• Kimyoviy yoki yuvish vositalaridan foydalanmang. Bunday qilish

qurilma korpusini yemirishi yoki uning rangini o‘chirishi, elektr toki

urishi yoki yong‘in kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Qurilmani faqat belgilangan tegishli maqsadda ishlating
Qurilmangizga zarar yetishi mumkin.

Qurilmadan jamoat joylarida foydalanayotganda boshqalarga

halaqit bermang

Faqatgina malakali mutaxassislarga qurilmangizni ta’mirlash uchun

ruxsat bering
Malakasiz mutaxassislarga qurilmangizni ta’mirlash uchun ruxsat berish

qurilmangiz buzilishiga olib kelishi mumkin hamda bu ishlab chiqaruvchi

tomonidan berilgan kafolat bilan qoplanmaydi.

SIM-kartalar, xotira kartalari yoki kabellarni ehtiyotkorlik bilan

ushlang
• Qurilmaga karta kiritayotganda yoki kabel ulanayotganda, karta

to‘g‘ri kiritilganligiga va kabel to‘g‘ri tomonga ulanganligiga ishonch

hosil qiling.

• Qurilma ma’lumot uzatayotgan yoki unga kirayotgan vaqtda kartani

chiqarib olmang, chunki bu ma’lumot yo‘qotilishiga va/yoki karta yoki

qurilmaga zarar yetishiga sabab bo‘lishi mumkin.

• Kartalarni tok urishidan, statik elektr quvvati yoki boshqa

qurilmalardan keluvchi elektr tovushlardan himoyalang.

• Yaltiroq o‘tkazgichlarga yoki terminallarga barmog‘ingiz yoki metal

predmetlar bilan tegmang. Agar tozalamoqchi bo‘lsangiz, kartani

yumshoq sochiq bilan arting.

Advertising