Samsung SM-T211 User Manual

Page 454

Advertising
background image

O'zbek

453

Qurilmani va zaryadlash qurilmasini ehtiyotkorlik bilan ushlang va

joylashtiring

Faqatgina Samsung tomonidan tasdiqlangan va qurilmangiz uchun

mo‘ljallangan zaryadlash qurilmasi va batareyadan foydalaning. Mos

kelmaydigan batareya va zaryadlash qurilmasi qurilmangizga jiddiy zarar

yetkazishi mumkin.
Hech qachon batareya yoki qurilmani olovga tashlamang. Ishlatilgan

qurilma yoki batareyani tashlab yuborishda mahalliy qonunlarga rioya qiling.
Qurilma yoki batareyalarni mikroto‘lqinli pech, duxovka va radiatorlar kabi

qiziydigan qurilmalar ustiga yoki ichiga qo‘ymang. Qurilma qiziganda

portlab ketishi mumkin.
Hech qachon qurilmani siqmang yoki teshmang. Batareyaning yuqori bosim

ostida qoldirmang, chunki bu qisqa tutashuv yoki qizib ketishga sabab

bo‘lishi mumkin.

Qurilma, batareya va zaryadlash qurilmasini zarar yetkazilishdan

himoyalang

Qurilma yoki batareyani juda sovuq yoki juda issiq haroratda qoldirmang.

Judayam yuqori yoki past harorat qurilmaga zarar yetkazishi va qurilma va

batareyaning xizmat qilish muddatini kamaytirishi mumkin.
Batareyani metal obyektlar bilan kontaktga kirishlarini oldini oling, chunki bu

batareyaning + va – terminallari o‘rtasida tutashishni yuzaga keltiradi yoki

batareyani zararlaydi.
Zararlangan zaryadlash qurilmasidan foydalanmang.

Diqqat: Qurilmangizdan taqiqlangan hududlarda

foydalanishda barcha xavfsizlik ogohlantirishlariga rioya

qiling

Qurilmangizdan elektron qurilmalar yaqinida foydalanmang

Ko‘pgina elektron qurilmalar radio chastota signallaridan foydalanadi.

Qurilmangiz boshqa elektron qurilmalar bilan to‘qnashishi mumkin.

Kardiostimulyator yonida qurilmangizdan foydalanmang

Qurilmangiz va radiostimulyator orasida 15 sm masofa saqlang, chunki

qurilmangiz kardiostimulyator bilan to‘qnashishi mumkin.
Kardiostimulyator bilan to‘qnashish ehtimolini kamaytirish uchun,

qurilmangizni tanangizning kardiostimulyatordan eng uzoqda joylashgan

tomonida ishlating.

Advertising