Samsung SM-T211 User Manual

Page 455

Advertising
background image

O'zbek

454

Qurilmangizni kasalxonada yoki radio chastotadan foydalanuvchi

tibbiy uskuna yonida ishlatmang

Agar tibbiy uskunadan foydalansangiz, qurilmangizni ishlatishdan avval

radio chastotalar qurilmangizga zarar yetkazish yoki yetkazmasligi haqidagi

ma’lumotlarni olish uchun uskuna ishlab chiqaruvchisi bilan bog‘laning.

Agar eshitishda muammolarga duch kelsangiz, radio aralashuv

haqidagi ma’lumotlarni olish uchun, ishlab chiqaruvchi bilan

bog‘laning

Qurilmangiz tomonidan chiqarilgan radio to‘lqinlar eshitish bilan bog‘liq ba’zi

muammolarga olib kelishi mumkin. Qurilmangizni ishlatishdan avval, qurilma

tomonidan chiqariladigan radio to‘lqinlar eshitish bilan bog‘liq muammolarga

sabab bo‘lishi yoki bo‘lmasligi haqidagi ma’lumotlarni olish uchun ishlab

chiqaruvchi bilan bog‘laning.

Portlash ehtimoli yuqori bo‘lgan joylarda qurilmani o‘chiring

Portlash ehtimoli yuqori bo’lgan muhitlarda batareyani olib tashlamasdan,

qurilmangizni o’chiring.
Portlash ehtimoli yuqori bo‘lgan joylarda har doim o‘zini tutish qoidalari,

normativ hujjatlar va belgilarga amal qiling.
Yoqilg‘i quyish shahobchalarida, yoqilg‘i yoki kimyoviy moddalar yaqinida

yoki portlash qamrab oladigan hududlarda qurilmangizdan foydalanmang.
Tez yonuvchan suyuqliklarni, gazlarni yoki portlovchi materiallarni qurilma,

uning qismlari yoki aksessuarlari bilan bir bo‘linmada saqlamang yoki olib

yurmang.

Samolyotda bo‘lganingizda qurilmangizni o‘chirib qo‘ying

Qurilmangiz samolyotning elektron asbob-uskunalari ishiga xalal berishi

mumkin.

Qurilmangiz avtomobil uskunalari ishiga xalal berishi mumkin

Qurilmangiz chiqarayotgan radio to‘lqinlar sababli avtomobilingizdagi elektron

qurilmalar to‘g‘ri ishlamasligi. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun, ishlab

chiqaruvchi bilan bog‘laning.

Advertising