Samsung SM-T211 User Manual

Page 457

Advertising
background image

O'zbek

456

Mobil qurilmangizni to‘g‘ri himoyalash va undan to‘g‘ri

foydalanish

Qurilmangizni quruq holda saqlang

Namlik yoki suyuqliklar qurilmangiz qismlariga zarar yetkazishi yoki unda

qisqa tutashuvlarni yuzaga keltirishi mumkin.
Qurilmangiz nam bo‘lganda, undan foydalanmang. Qurilmangiz yoqilgan,

uni o‘chiring va batareyani darhol chiqarib oling (agar qurilma o‘chmasa

yoki batareyani chiqara olmasangiz, uni shundayligicha qoldiring). Undan

so‘ng, qurilmani sochiq bilan quriting va uni xizmat ko‘rsatish markaziga olib

boring.
Suyuqliklar qurilmaning ichki qismidagi etiketkalar rangini o‘zgartiradi.

Qurilmangizning suv bilan zararlanishi ishlab chiqaruvchi kafolatlariga

kirmasligi mumkin.

Qurilmangizdan chang yoki havodagi mayda zarrachalar ko’p

to’planadigan joylarda foydalanmang yoki uni bunday joylarda

saqlamang

Chang yoki begona moddalar qurilmangizning noto’g’ri ishlashiga sabab

bo’lishi va yong’in chiqishi yoki elektr toki urishiga olib kelishi mumkin.

Qurilmangizni tekis yuzali joylarga qo‘ying

Agar qurilmangiz tushib ketsa, unga zarar yetishi mumkin.

Qurilmangizni juda sovuq yoki juda issiq joylarga qo‘ymang.

Qurilmangizdan 5 °C dan 35 °C gacha bo‘lgan haroratda foydalanish

tavsiya etiladi

Agar qurilmangizni yopiq transport vositasida qoldirib ketsangiz, u portlashi

mumkin, chunki transport vositasi ichidagi harorat 80 °Cgacha ko‘tarilishi

mumkin.
Qurilmangizni quyosh nuri to‘g‘ridan-to‘g‘ri tushadigan joylarda uzoq vaqtga

qoldirmang (misol uchun, avtomobil torpedasida).
Batareyani quyidagi haroratda saqlash tavsiya etiladi: -0 °C dan 45 °Cgacha

Qurilmangizda tangalar, kalitlar va bo‘yin zanjirlar kabi metall

buyumlar bilan birga saqlamang

Qurilmangizning ustki qismi chizilishi yoki unga zarar yetishi mumkin.

Agar batareya terminallari metal obyektlar bilan tutashganda, yong‘in

keltirib chiqarilishi mumkin.

Advertising