Ўзбек – Vitek VT-1256 User Manual
Page 37
 
37
ЎЗБЕК
ozgina kuyadi, shuning uchun ozgina tutun yoki 
begona hidi chiqishi mumkin - bu normal holat.
SUVNI TANLASH
Idishni to’ldirish uchun suv quvuridagi suvdan 
foydalaning. Agar suv quvuridagi suv qattiq 
- tuzli bo’lsa, uni 1:1 nisbatda distillangan suv 
bilan aralashtirish tavsiya etiladi, o’ta qattiq 
suv bo’lganda uni 1:2 nisbatda distillangan suv 
bilan aralashtiring yoki faqat distillangan suvdan 
foydalaning.
Eslatma
Suv uchun sig’imga (11) xushbo’ylashtiradigan 
suyuqliklarni, sirka, ohor eritmasini, quyqani 
tozalash uchun reagentlar, kimyoviy moddalar va 
hokazolarni quyish taqiqlanadi.
SUV SIG’IMINI TO’LDIRISH (1, 2-rasmlar)
Dazmolga suv quyishdan avval u tarmoqdan 
o’chirilganligiga ishonch hosil qiling.
• Bug’ni doimiy berish sozlagichini (3) «bug’ning 
berilishi o’chirilgan» holatiga o’rnating.
• Suv quyish teshigining qopqog’ini oching (2).
• Suv quyish uchun sig’imdan foydalanib (15), 
suvni quying, suv quyish qopqoqni zich yoping 
(2).
Eslatmalar:
• Suvni MAX belgisidan ko’proq quymang.
• Agar dazmollash paytida suvni yana quyish 
kerak bo’lsa, dazmolni o’chiring va tarmoq 
vilkasini rozetkadan oling.
• Dazmollashni tugatganingizdan keyin
dazmolni o’chiring, unin to’liq sovishini 
kuting, keyin suv quyish tuynugi qopqog’ini 
(2) oching, dazmolni ag’daring va suvning 
qolganini to’kib tashlang (8-rasm).
DAZMOLLASH HARORATI
Foydalanishdan avval dazmolning tagligi (12) va 
suv uchun sig’im (11) toza ekanligiga ishonch 
hosil qilish uchun qizigan dazmolni mato bo’lagida 
tekshiring.
• Doimo narsalarni dazmollashdan avval 
tavsiya etilgan harorat ko’rsatilgan buyum 
yorlig’iga qarang.
•
Agar dazmollash yuzasidan ko’rsatmalar
bo’lgan yorliq bo’lmasa, lekin Siz matoning 
turini bilsangiz, dazmollash haroratini tanlash 
uchun jadvalga qarang.
Belgilanishlar
Matoning turi (harorat
)
•
Sun’iy tolalar (sintetika),
neylon, akril, poliester(past
harorat)
••
shoyi/jun (o’rtacha harorat)
•••
ip-gazlama /zig’ir (yuqori
harorat)
• Jadval faqat silliq matolar uchun mos keladi.
Agar mato boshqacha turda bo’lsa (gofre 
qilingan, rel’efl i va hokazo), uni eng yaxshisi 
past haroratda dazmollash lozim.
• Avval byuumlarni dazmollash haroratiga
ko’ra saralab oling: sintetik tolalar – sintetik 
tolali buyumlar bilan, jun – junli buyumlar, 
ip-gazlama – shunday buyumlar bilan va 
hokazo.
• Dazmol sovishiga qaraganda tezroq isiydi.
Shuning uchun avval buyumlarni past 
haroratda dazmollash tavsiya etiladi (masalan, 
sun’iy matolar). 
Shundan keyin yuqoriroq haroratlarda
dazmollashga o’ting (shoyi, jun). Ip-gazlama va 
zig’ir buyumlarni oxirgi navbatda dazmollang.
• Agar buyum tarkibiga aralash tolalar kirsa,
eng past dazmollash haroratini belgilash 
lozim (masalan, buyum 60% ga poliester 
va 40% ga ip-gazlamadan iborat bo’lsa, uni 
poliester uchun mos keladigan haroratda «•» 
dazmollash lozim).
• Agar Siz buyum matosining tarkibini aniqlay
olmasangiz, undagi kiyilganda ko’rinmaydigan 
joyini toping hamda tajriba yo’li bilan azmollash 
haroratini tanlang (doimo eng past haroratdan 
boshlang va to kerakli natijaga erishmaguncha 
uni asta-sekin oshirib boring).
• Velvet va tez yaltiray boshlaydigan boshqa
matolarni faqat bir yo’nalishda (tuklari 
yo’nalishida) ozgina bosib dazmollash lozim.
• Sun’iy va shoyi matolarda yaltiroq dog’lar
paydo bo’lishining oldini olish uchun ularni 
orqa (astar) tomonidan dazmollang.
DAZMOLLASH HARORATINI O’RNATISH
• Dazmolni asosiga qo’ying (8).
• Tarmoq simini rozetkaga kiriting.
• Sozlagichni (10) burab kerakli dazmollash 
haroratini belgilang: «•», «••», «•••» yoki 
«MAX» (matoning turiga qarab), bunda 
indikator (9) yonadi (3-rasm). 
• Dazmol tagining harorati (12) belgilangan
haroratga yetganda, indikator (12) o’chadi, 
dazmollay boshlash mumkin.
1256.indd 37
1256.indd 37
25.03.2010 11:37:23
25.03.2010 11:37:23