Ўзбек – Vitek VT-1256 User Manual
Page 38
 
38
ЎЗБЕК
Eslatma: Bug’li dazmollashda dazmollash 
haroratini «••», «•••» yoki «MAX» etib belgilash 
lozim.
SUVNI PURKAGICH
• Siz bir necha marta suv purkagich (4) 
tugmasini bosib, matoni namlashingiz mumkin 
(4-rasm).
• Sig’imda (11) suv yetarli bo’lishiga ishonch
hosil qiling.
QURUQ DAZMOLLASH
• Dazmolni asosiga qo’ying (8).
• Tarmoq simini rozetkaga kiriting.
• Sozlash moslamasini (10) burab kerakli 
dazmollash haroratini belgilang: «•», «••», 
«•••» yoki «MAX» (matoning turiga qarab), 
bunda indikator (9) yonadi (3-rasm). 
• Dazmol tagining harorati (12) belgilangan
haroratga yetganda, indikator (9) o’chadi, 
dazmollay boshlash mumkin.
• Dazmolni ishlatishdan keyin harorat sozlash
moslamasini (10) «MIN» holatiga qo’ying.
• Tarmoq simining vilkasini rozetkadan chiqarib
oling va dazmolning to’liq sovishini kutib 
turing.
BUG’LI DAZMOLLASH
Bug’li dazmollashda bug’ bilan ishlash zonasida, 
«•••» yoki «MAX» dazmollash haroratini belgilash 
lozim. 
Dazmolda tomchilarga qarshi bo’lgan, dazmol 
tagligining o’ta past haroratida suv berishini 
yopib qo’yadigan klapan bor, bu dazmol tagligi 
teshiklaridan tomchilar tushishining oldini oladi 
(12). Dazmol tagligi (12) isiganda va soviganda Siz 
tomchilarga qarshi klapan ochilishi/yopilishining 
o’ziga xos ovozini eshitasiz, bu uning normal 
ishlashidan dalolat beradi.
• Dazmolni asosiga qo’ying (8).
• Tarmoq simini rozetkaga kiriting.
• Sig’imda (11) suv yetarli ekanligiga, indikator 
(9) yonmayotganligiga ishonch hosil qiling.
• Sozlash moslamasini (10) burab kerakli
dazmollash haroratini belgilang: «•», «••», 
«•••» yoki «MAX» (matoning turiga qarab), 
bunda indikator (9) yonadi (3-rasm). 
•
Dazmol tagining harorati (12) belgilangan
haroratga yetganda, indikator (9) o’chadi, 
dazmollay boshlash mumkin.
• Bug’ni doimiy berish sozlagichini (3) burab
bug’ hosil qilishning yetarli quvvatini belgilang,
dazmol tagligi teshiklaridan (12) bug’ chiqa 
boshlaydi.
• Dazmolni ishlatishdan keyin harorat sozlash
moslamasini (10) «MIN» holatiga qo’ying, 
bug’ni doimiy berish sozlagichini (3) esa 
«bug’ning berilishi o’chirilgan» holatiga 
o’rnating. 
• Tarmoq simining vilkasini rozetkadan chiqarib
oling va dazmolning to’liq sovishini kutib 
turing.
DIQQAT!
Agar ish paytida bug’ doimiy berilib turmasa, 
haroratni sozlash moslamasining (10) to’g’ri 
holatini va suv idishidagi suvning borligini 
tekshiring.
QO’SHIMCHA BUG’ BERILISHI
Qo’shimcha bug’ berilishi funktsiyasi burmalarni 
dazmollashda foydali bo’ladi va faqat yuqori 
haroratli dazmollash rejimida ishlatilishi mumkin 
(harorat sozlagichi (13) «••», «•••» yoki «MAX» 
holatida).
• Qo’shimcha bug’ berilishi tugmasi (5) 
bosilganda dazmol tagligidan bug’ kuchliroq 
chiqadi (5-rasm). 
Eslatma: Bug’ teshiklaridan suv oqib chiqmasligi 
uchun qo’shimcha bug’ berilishi tugmasini (5) 4-5 
soniya oralatib bosing.
VERTIKAL BUG’LAB TEKISLASH
Vertikal bug’lab tekislash funktsiyasi faqat yuqori 
haroratli dazmollash rejimida ishlatilishi mumkin 
(haroratni sozlash moslamasi (10) «•••» yoki 
«MAX» holatida.
Dazmolni vertikal holda kiyimdan 15-30 sm 
masofada ushlab turing va qo’shimcha bug’ 
berilishi tugmasini (5) 4-5 soniya oralatib bosing, 
dazmol tagligidagi (12) bug’ teshiklaridan bug’ 
chiqadi (6-rasm).
Muhim ma’lumot
• Sun’iy matolarni vertikal bug’lab tekislash 
tavsiya etilmaydi.
• Bug’lab tekislashda mato erib ketmasligi
uchun dazmol tagligi bilan matoga tegmang.
• Hech qachon kishi ustidagi kiyimni bug’lab
tekislamang, chunki chiqayotgan bug’ning 
harorati juda yuqori, ilgich yoki yelkali 
ilgichdan foydalaning.
1256.indd 38
1256.indd 38
25.03.2010 11:37:23
25.03.2010 11:37:23